18:35 / 14.12.2022
1 449

Jan-Klod Van Damm Ukrainaga kelib, mamlakat harbiylari bilan uchrashdi (video)

Jan-Klod Van Damm Ukrainaga kelib, mamlakat harbiylari bilan uchrashdi (video)
Amerikalik aktyor Jan-Klod Van Damm Ukraina Qurolli kuchlari askarlari bilan uchrashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani ask etgan video tarqaldi.

Videoda Gollivud yulduzining Ukraina himoyachilari qurshovida «Ukrainaga shon-sharaf!» deb hayqirayotganini ko‘rish mumkin. Xabarlarga ko‘ra, video Ukrainaning Karpatorti viloyatidan olingan.

OAV yozishicha, aktyorni avvalroq Ujgorodda ko‘rishgan, biroq uning o‘zi Ukrainaga tashrifini e’lon qilmagan.

9 noyabr kuni amerikalik aktyor Shon Penn keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Kiyevga uchinchi bor kelib, Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan va unga o‘zining «Oskar»ini topshirgan edi — karerasi davomida Penn ikkita oltin haykalcha olgan — «Sirli daryo» va «Xarvi Milk» filmlaridagi rollari uchun. Aktyor sovg‘ani Ukraina g‘alabasiga umid va ishonch ramzi deb atagan. Bunga javoban Zelenskiy o‘zi filmlarda suratga tushgan paytlar «Oskar» uning orzusi bo‘lganini aytgan, shuningdek, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun Penni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlagan.

Jan-Klod Van Damm1, Ukraina1, Askarlar1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jan-Klod Van Damm Ukrainaga kelib, mamlakat harbiylari bilan uchrashdi (video)