1 787
Turkmanistonda Turkiya va Ozarbayjon birinchi xonimlarini sobiq prezidentning rafiqasi kutib oldi (foto)

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva
14 dekabr kuni Turkmanistonning «Avaza» sayyohlik zonasida Ozarbayjon, Turkiya va Turkmaniston prezidentlari — Ilhom Aliyev, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Serdar Berdimuhamedov o‘rtasida uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tdi.
Chet davlatlar rahbari Turkmanistonga birinchi xonimlar — Mehribon Aliyeva va Emine Erdo‘g‘on bilan birga keldi, ular uchun madaniy dastur tashkillashtirildi. Biroq ularga Serdar Berdimuhamedovning rafiqasi emas, onasi, sobiq prezidentning rafiqasi Ogulgerek Berdimuhamedova hamrohlik qildi, deb yozadi «Xronika Turkmenistana».

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva
Nashr qayd etishicha, Xalq Maslahati raisi o‘z rafiqasini omma oldiga olib chiqishni bir yil avval boshlagandi. Ogulgerek Berdimuhamedovaning suratlari birinchi marta Turkmaniston agentliklari emas, balki Turkiya OAVlari tomonidan e’lon qilingandi. Bu o‘tgan yil noyabrida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan edi. 2022 yil mayida esa Turkmaniston gilami kunida sobiq birinchi xonim o‘zining prezident o‘g‘lidan «Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan gilamdo‘z» unvonini oldi. Shuningdek, u turmush o‘rtog‘ining sentyabrda Yaponiyaga tashrifi chog‘ida unga hamrohlik qildi.

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva
Turkmanistonning hozirgi prezidenti rafiqasiga kelsak, hozircha u bir marta omma oldiga chiqdi. Bu aprelning ilk sanalarida, Turkmanistonga Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind o‘z rafiqasi Savita Kovind bilan kelganida yuz bergandi. O‘z hamkasbining tashrifi sharafiga kichik Berdimuhamedov rasmiy ziyofat tashkil qilgan, unda davlat rahbarlarining rafiqalari ham qatnashgandi.

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva
Avazada Turkiya va Ozarbayjon birinchi xonimlari nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgani Mehribon Aliyevaning Facebook'dagi sahifasida to‘liq yoritildi.

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva
Mehmonlar, xususan, Turkmaniston tasviriy va amaliy bezak san’ati ko‘rgazmasiga borgan, ular uchun konsert va Turkmaniston milliy liboslari namoyishi taqdim etilgan. Shundan keyin Mehribon Aliyeva, Emine Erdo‘g‘on va Ogulgerek Berdimuhamedova choy ustida suhbatlashgan.

Foto: Facebook / Mehribon Aliyeva

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar