11:26 / 19.12.2022
981

Serbiya tezlashtirilgan tartibda ruslar va ukrainaliklarga fuqarolik beradi

Serbiya tezlashtirilgan tartibda ruslar va ukrainaliklarga fuqarolik beradi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich respublikada ishchi kuchi yetarli emasligi sababli bunday choralar qo‘llanganini aytdi.

Serbiya tezlashtirilgan tartib asosida ruslar va ukrainaliklarga fuqarolik bermoqchi. Bu haqda payshanba kuni respublika prezidenti Aleksandr Vuchich RTS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi:

Endi biz ukrainaliklarga, ruslarga va bundan manfaatdor bo‘lganlarga tezlik bilan fuqarolikni beramiz, chunki bizda ishchi kuch yetishmaydi”, dedi u. Boshqa arizachilarga Serbiya fuqaroligini berishda ham xuddi shunday shartlar bajariladimi, degan savolga prezident “yo‘q”, deb javob berdi.

Avvalroq, so‘nggi to‘qqiz oy ichida 104 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi Serbiyada bir yil muddatga yashash uchun ruxsatnoma olgani, biroq respublikada ularning soni ko‘proq ekanligi xabar qilingandi. Ular asosan IT sohasi mutaxassislari. Mahalliy televideniyaning 14 dekabr kuni xabar berishicha, xuddi shu davrda 18 ming ukrainalik Serbiyada qochqin maqomini olgan.

Aprel oyida rossiyaliklarga tegishli yoki Rossiya ishtirokidagi 86 ta kompaniya va 202 ta yakka tartibdagi tadbirkor Rossiya Federatsiyasiga qarshi G‘arb sanksiyalari munosabati bilan Serbiyada o‘z biznesini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Xuddi shu davrda Ukrainadan beshta kompaniya va bir yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya tezlashtirilgan tartibda ruslar va ukrainaliklarga fuqarolik beradi