
Foto: thedefensepost
AQSH ma’muriyati Ukrainaga Patriot zenit/raketa havo hujumidan/raketalar hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish niyatini rasman tasdiqladi.
«21 dekabr kuni prezident Jo Bayden Ukrainaga deyarli 2 milliard dollarlik yangi yirik yordam paketini e’lon qiladi, u Ukraina xalqini Rossiyaning muhim infratuzilmaga vahshiy hujumlaridan himoya qilish uchun muhim bo‘lgan Patriot raketa batareyasini o‘z ichiga oladi», deya ma’lum qildi Oq uy rasmiysi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar tayyorlash AQSHda ham, Ukrainada ham amalga oshirilmaydi hamda «buning uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi». Rasmiy AQSH Ukrainaga havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllariga, jumladan, NASAMS, HAWK, Stingers va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga qarshi uskunalar yetkazib berishga ustuvor ahamiyat qaratishi haqida aytib o‘tdi.
Bitta Patriot batareyasida sakkiztagacha uchirish moslamasi mavjud bo‘lib, ularning har biri to‘rtta raketani olib o‘ta oladi. Tizimda radar, boshqaruv stansiyasi, kompyuterlar, generatorlar mavjud.
Batareyani ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish odatda 90 kishini talab qiladi. Shu bilan birga, uchta harbiy xizmatchining o‘zi raketalarni uchirish bilan shug‘ullana oladi.
Bundan oldin Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 1,8 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishi, bu paketga birinchi marta Patriot zenit-raketa komplekslarining batareyasi kirishi xabar berilgandi.
21 dekabrda e’lon qilinishi kutilayotgan paket Pentagon zaxiralaridagi qariyb 1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va yana 800 million dollarlik Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi mablag‘larini o‘z ichiga oladi.
Patriot tizimi G‘arb Ukrainaga Rossiya havo hujumlarini qaytarish uchun taqdim etgan eng ilg‘or zenit-raketa tizimi bo‘ladi, deya qayd etadi AP. Ukraina harbiylarini yangi tizimlarga o‘rgatish bir necha hafta davom etishi mumkin va Germaniyadagi Grafenvyor poligonida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar