08:55 / 22.12.2022
1 479

Bayden Zelenskiyni Ukrainadagi urush yangi bosqichga chiqqani uchun taklif qildi

Bayden Zelenskiyni Ukrainadagi urush yangi bosqichga chiqqani uchun taklif qildi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Vashingtonga taklif qildi, chunki u Ukrainadagi urush yangi bosqichga chiqdi deb hisoblamoqda. Bu haqda Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanaliga gapirib berdi.

«Prezidentning fikricha, qish yaqinlashar ekan, urush yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Demak, ikki yetakchi yuzma-yuz o‘tirib gaplashishi uchun vaqt keldi», — dedi Kirbi.

Muzokaralarda AQSH harbiy va iqtisodiy yordami, shuningdek, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Shuningdek, prezidentlar urush qanday yakunlanishini ham muhokama qiladi.

«Putinni diplomatiya qiziqtirmasligi aniq, - dedi Kirbi. - Aksincha. U ko‘proq ukrainalik tinch aholini o‘ldirishdan manfaatdor».

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiy Ukrainani tark etishi oqibatidagi xatarlardan xabardor va AQSH uning safarini xavfsiz qilish uchun harakat qilmoqda.

CNN Zelenskiyning tashrif rejasini ham e’lon qildi: Bayden bilan uchrashuv, Bayden bilan ikki tomonlama uchrashuv, Bayden bilan matbuot anjumani, Nensi Pelosi bilan uchrashuv, Kongressning umumiy yig‘ilishidagi nutq.

Zelenskiyning tashrifi chog‘ida Bayden Ukrainaga Patriot, shuningdek, NASAMS va HAWK raketa komplekslarini, Stingers raketaga qarshi komplekslarni o‘z ichiga olgan deyarli 2 milliard dollarlik yangi yordam paketini e’lon qilishi kutilmoqda. Yig‘ilishda Ukrainaga 40 milliard dollardan ortiq miqdorda moliyaviy yordamning navbatdagi paketi e’lon qilinadi.

Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainani tark etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo