14:50 / 23.12.2022
829

AQSH: O‘zbekistondagi islohotlar siyosati Davlat departamenti yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi

AQSH: O‘zbekistondagi islohotlar siyosati Davlat departamenti yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning AQSH Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida fuqarolar xavfsizligi, terrorizmga qarshi kurash, kiberjinoyatchilik, odam savdosi sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, majburiy va bolalar mehnatiga barham berish, din erkinligini ta’minlash, adliya tizimi shaffofligini, so‘z va matbuot erkinligini mustahkamlash borasida erishilgan yutuqlarni qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqa uchun «namunali mamlakat»ga aylanib, qisqa muddat ichida ko‘p yillik muammolarni tubdan hal etish bilan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaqqol namoyish etdi.

Uzra Zeya O‘zbekistondagi islohotlar siyosati AQSH Davlat departamentining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidladi. Bu ikki tomonlama munosabatlarning yuqori dinamikasi va ishonchli xususiyatga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

Tomonlar o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Rasmiy Vashington 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirishda mamlakatga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligi alohida ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo