Yaponiyada yo‘lovchi poezdi o‘z yo‘lidan chiqib ketdi

2016 yil 18 may kuni Yaponiyaning Itabasi tumanida yo‘lovchi poezdi o‘z relsidan chiqib ketdi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, falokat oqibatida hech kim jabrlanmagan, deyiladi "Kun" nashrida.
“Tobudze” temir yo‘lidagi har ikkala harakat ham to‘xtatilgan. Ayni damda vagonlarning relsdan chiqib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Poezddagi barcha yo‘lovchilarni evakuasiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing