date
views 1 541

Rossiyaning Baxmutdagi hujum tezligini saqlab qolishi qiyin bo‘ladi

Rossiyaning Baxmutdagi hujum tezligini saqlab qolishi qiyin bo‘ladi
Foto: Reuters
Amerika urushni o‘rganish institutining (Institute for the study of war, ISW) yangi xulosasiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining Baxmut hududida hujum sur’atini saqlab qolishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya kuchlarining imkoniyatlariga Britaniya Mudofaa vazirligi ta’riflagan o‘q-dorilar taqchilligi ham, so‘nggi haftalarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining katta yo‘qotishlari ham ta’sir qilishi mumkin.

Rossiyaning Baxmutga davom etayotgan va resurs talab qiladigan bosimi Rossiyaning Donbass harbiy harakatlar teatrida uzoq muddatli maqsadlarga erishish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Ularning ta’kidlashicha, bahor va yozda rus qo‘shinlari Severodonetsk va Lisichanskni egallash uchun katta resurs sarflagan.

Keyinchalik Rossiya armiyasi ushbu shaharlar ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ularni qo‘lga kiritish bo‘yicha taktik maqsadlarga erishish pirovardida kattaroq operatsion maqsadga erishish - E40 trassasi bo‘ylab Ukraina qo‘shinlarini o‘rab olish va oxir-oqibat Donetsk viloyati g‘arbiy ma’muriy chegaralariga yetib borish imkoniyatini yo‘q qildi, deb qo‘shimcha qiladi ISW ekspertlari.

Bundan oldin ISW Putin Lukashenkoni Ukraina bilan urushga qo‘shilishga ko‘ndira olmagani haqida xabar bergandi.

Minskdagi uchrashuvda Putin Belarus rahbarini bilvosita tuzatishga ishontira olmay, Lukashenkoning tezislarini qabul qilgandek tuyulgani bu bahoni tasdiqlaydi, dedi tahlilchilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Baxmutdagi hujum tezligini saqlab qolishi qiyin bo‘ladi