date
views 1 211

KXDR dronlari chegarani buzib kirgach, Janubiy Koreya harbiy samolyoti halokatga uchradi

KXDR dronlari chegarani buzib kirgach, Janubiy Koreya harbiy samolyoti halokatga uchradi
Shimoliy Koreya uchuvchisiz uchar qurilmasi
Foto: Yonhap

2017 yildan buyon birinchi marta Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan dronlar koreyalararo chegarni kesib o‘tgach, Janubiy Koreya bunga javoban ogohlantirish maqsadida o‘t ochdi. Trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarilgan KA-1 yengil hujumchi samolyotlaridan biri halokatga uchradi, deya xabar bermoqda «Ryonxap».

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar harbiy demarkatsiya chizig‘idan shimol tomondan parvozlarni qayd etgan va uchuvchisiz uchar qurilmalarni aniqlagan. Ularning soniga aniqlik kiritilmayapti. Shimoliy Koreya uchar qurilmalari Kyongido provinsiyasida Kimpxo, Paju tumanlari va Kanxva orolini kesib o‘tgan. Ularning ba’zilari, go‘yoki, aholi yashaydigan tumanlarga va qishloqlargacha ham borib yetgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Shunday voqealar fonida Janubiy Koreya Transport vazirligi Kimpxo va Inchxon xalqaro aeroportlariga parvozlarni taxminan bir soatga to‘xtatib qo‘ydi. Bu qaror sabablarini idora ma’lum qilmadi.

«Sinxua» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari samolyoti Kanvondo provinsiyasining Xenson okrugiga qulab tushgan. Bortda bo‘lgan ikki uchuvchi katapulta qilib, o‘zlarini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ng ular kasalxonaga yetkazilgan. Jangovar samolyot dala hududiga qulagan, tinch aholi orasidagi qurbonlar haqida ma’lumot berilgani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR dronlari chegarani buzib kirgach, Janubiy Koreya harbiy samolyoti halokatga uchradi