14:58 / 28.12.2022
1 851

Egallab olingan Makeyevkada 8 kishilik oila otib tashlandi

Egallab olingan Makeyevkada 8 kishilik oila otib tashlandi
Foto: Pixels
Donetsk viloyatining egallab olingan Makeyevka shahrida 8 kishidan iborat oila, jumladan, to‘rt nafar bola otib o‘ldirildi, deya xabar bermoqda «Novosti Donbassa».

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko mahalliy OAVga tayanib, lo‘lilar oilasi halok bo‘lganini aytdi.

«Ma’lum bo‘lishicha, 8 kishilik lo‘lilar oilasi vagnerchilar tomonidan otib tashlangan, ular halok bo‘lganlardan narkotik moddalar sotib olmoqchi bo‘lgan. Biroq, e’lon qilingan narx ular uchun juda yuqori bo‘lib tuyulgan, bu esa otib tashlashga olib kelgan. Shuningdek, ular etnik sabablarga ko‘ra nafrat tufayli shafqatsiz vagnerchilar tomonidan otib tashlangan bo‘lishi mumkinligi ham istisno etilmayapti», dedi Anton Gerashchenko.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar qotillikdan keyin Skoda avtomobilini o‘g‘irlab ketishgan.

Okkupatsion ma’muriyat allaqachon o‘g‘irlikda gumon qilingan uch kishini qo‘lga olganini e’lon qilgan. Ular «avtomobil va qimmatbaho mol-mulkni o‘g‘irlash maqsadida jinoyat sodir etilgani»ni tan olishgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo