
Ozod etilgan Svyatogorsk shahrida vayron bo‘lgan rus tanki
Foto: Getty Images
Ukrainada nizo boshlanganiga bir yil to‘lishi arafasida BBC harbiy tahlilchilar fikrlariga asoslanib, urush 2023 yilda qanday tus olishi borasida o‘z prognozlarini e’lon qildi.
Nashr quyidagi beshta variantni keltirib o‘tdi:
- Ukraina bosib olingan hududlarning barchasini bahor oxirigacha qaytarib oladi. U holda yaqin oylarda, balki haftalarda Melitopol asosiy jangovar punktga aylanadi, shundan keyin Ukraina qurolli kuchlari Azov dengizigacha borib yetadi va Qrimni Rossiyadan uzib qo‘yadi. Rossiya taslim bo‘ladi, Ukraina, Buyuk Britaniya va AQSH esa xalqaro xavfsizlikning yangi arxitekturasini shakllantiradi;
- Rossiya hal qiluvchi qarshi hujumni amalga oshiradi va uning natijasi urushning borishida muhim omilga aylanadi, biroq Ukraina istalgan vaqtda o‘zining yangi hujumini boshlashi mumkin;
- Jangovar harakatlar sekinlashadi, ammo Ukraina g‘olib bo‘ladi. 2023 yil oxiriga kelib, Qrim to‘liq Ukraina nazorati ostiga o‘tadi;
- Ikkala tomon ham shiddatli hujumlarni amalga oshiradi. Birinchi navbatda Rossiya bor e’tiborini Donbassga qaratadi, Ukraina esa Melitopol va Lugansk viloyatini qaytarishga urinadi;
- Urush cho‘zilib ketadi va 2023 yil oxirigacha tugamaydi. Rossiya ichkarisida o‘zgarishlar yuz beradi. Elita nizodan bezor bo‘ladi. AQSH uchun Vetnam va SSSR uchun Afg‘oniston shunday yakun topgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar