Podolskda er-xotin pensionerlar harbiy chaqiruv komissiyasi binosiga o‘t qo‘yishga urindi.
"Pod’em" telegram-kanalining xabar berishicha, 70 yoshli erkak harbiy komissiyaga benzin solingan kanistr olib kelib, lattaga benzin quyib yoqib, derazaga otgan. Yo‘l harakati xavfsizligi politsiyasi mashinasi darhol hodisa joyga yetib kelgan. Cholning 76 yoshli rafiqasi voqeani uzoqdan suratga olgan.

Nafaqaxo‘rlar zudlik bilan qo‘lga olindi, yong‘in o‘chirildi, hech kim jabrlanmadi. Baza telegram-kanalining yozishicha, harbiy komissarlik oynasi yonib ketgan, lekin yong‘in keng tarqalmagan.
Bungacha Saratov viloyatining Ivanteyevka qishlog‘ida notanish shaxslar harbiy xizmatga qabul qilish bo‘limi binosiga o‘t qo‘yishgandi. Xabar qilinishicha, yong‘in navbatchi xonada sodir bo‘lgan, xona yong‘indan jiddiy zarar ko‘rgan, biroq uning butun bino bo‘ylab tarqalishining oldi olingan.
Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirganidan beri 50 dan ortiq harbiy ro‘yxatga olish bo‘limlariga, shu jumladan Ryazan, Voronej, Omsk, Rostov, Moskva, Ivanovo viloyatlaridagi binolarga o‘t qo‘yishga urinishgan. Bir qancha viloyatlarda bu hodisalar yuzasidan jinoyat ishlari ochilgan.
Rossiya Bosh shtabining ta’kidlashicha, harbiy ro‘yxatga olish bo‘limlariga o‘t qo‘yish holatlari terrorchilik harakati sifatida baholanadi va 15 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. Shu tariqa, Nijnevartovskdagi harbiy xizmatga o‘t qo‘yishda ayblangan Vladislav Borisenko va Vasiliy Gavrilishinga nisbatan ayblovlar kuchaytirildi: tergov ishni bezorilikdan terrorchilikka aylantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

"Pod’em" telegram-kanalining xabar berishicha, 70 yoshli erkak harbiy komissiyaga benzin solingan kanistr olib kelib, lattaga benzin quyib yoqib, derazaga otgan. Yo‘l harakati xavfsizligi politsiyasi mashinasi darhol hodisa joyga yetib kelgan. Cholning 76 yoshli rafiqasi voqeani uzoqdan suratga olgan.

Nafaqaxo‘rlar zudlik bilan qo‘lga olindi, yong‘in o‘chirildi, hech kim jabrlanmadi. Baza telegram-kanalining yozishicha, harbiy komissarlik oynasi yonib ketgan, lekin yong‘in keng tarqalmagan.
Bungacha Saratov viloyatining Ivanteyevka qishlog‘ida notanish shaxslar harbiy xizmatga qabul qilish bo‘limi binosiga o‘t qo‘yishgandi. Xabar qilinishicha, yong‘in navbatchi xonada sodir bo‘lgan, xona yong‘indan jiddiy zarar ko‘rgan, biroq uning butun bino bo‘ylab tarqalishining oldi olingan.
Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirganidan beri 50 dan ortiq harbiy ro‘yxatga olish bo‘limlariga, shu jumladan Ryazan, Voronej, Omsk, Rostov, Moskva, Ivanovo viloyatlaridagi binolarga o‘t qo‘yishga urinishgan. Bir qancha viloyatlarda bu hodisalar yuzasidan jinoyat ishlari ochilgan.
Rossiya Bosh shtabining ta’kidlashicha, harbiy ro‘yxatga olish bo‘limlariga o‘t qo‘yish holatlari terrorchilik harakati sifatida baholanadi va 15 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. Shu tariqa, Nijnevartovskdagi harbiy xizmatga o‘t qo‘yishda ayblangan Vladislav Borisenko va Vasiliy Gavrilishinga nisbatan ayblovlar kuchaytirildi: tergov ishni bezorilikdan terrorchilikka aylantirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar