23:38 / 24.02.2015
7 364

Chexiyadagi restoranda noma’lum shaxs 9 kishini otib o‘ldirdi

Chexiyadagi restoranda noma’lum shaxs 9 kishini otib o‘ldirdi

Chexiya janubi-sharqidagi Ugerski-Brod shahrida joylashgan «Drujba» restoranida noma’lum qurollangan kishi o‘t ochdi, deya xabar bermoqda Interfax Chexiya televideniesiga tayanib. Natijada kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Yaralanganlar soni ma’lum qilinmayapti.

Ta’kidlanishicha, kamida 25 marta o‘q ovozi eshitilgan. Bu paytda restoranda taxminan 20 kishi bo‘lgan.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan, boshqa xabarlarda esa uning maxsus bo‘linma askarlari tomonidan otib tashlangani aytilmoqda. Hujumdan ko‘zlangan maqsad hozircha noma’lum.

Ugerski-Brod shahri meri so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochgan kishi taxminan 60 yoshlardagi mahalliy fuqaro bo‘lgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiyadagi restoranda noma’lum shaxs 9 kishini otib o‘ldirdi