
Makka va Madina shaharlarini Saudiya Arabistonida “islom iqtisodiyotining faoliyat markazi”ga aylantirish maqsadida mamlakatdagi tegishli muassasalar bilan kelishuv imzolandi.
Mamlakatning SPA rasmiy agentligiga ko‘ra, shartnoma Savdo vaziri Majid bin Abdulloh al-Kasabiy ishtirokida Islom hamkorlik tashkiloti va Makka hamda Madina Savdo palatalari, Islom savdo, sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi o‘rtasida imzolandi.
Uch tomonlama kelishuv Makka va Madina shaharlarini islom olamida moliyaviy va biznes faoliyatlari uchun markazga aylantirishni ko‘zda tutadi.
Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Kasabiy savdo rivojlanishi va muqaddas yerlarni ziyorat qilgan musulmonlarga xizmat ko‘rsatish doirasida tarixdan beri Makka va Madina shaharlarida yetarli ishchi kuchi mavjudligiga e’tibor qaratdi.
Uch tomonlama hamkorlik dasturi doirasida ko‘plab tashabbus va faoliyatlar amalga oshirilishini aytar ekan: "Ikkala muqaddas shaharning ham barcha musulmonlar qalbidan joy olganiga shubha yo‘q. Umid qilamizki, yuqoridagi omillar ushbu uch tomonlama hamkorlik orqali ikki shahar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishdan umidvormiz”, dedi Kasabiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar