
Turkiya o‘zining yuqori balandlikda va uzoq masofaga uchuvchi Siper zenit-raketa kompleksini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya mudofaa sanoati departamenti rahbari Ismoil Demir Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya havo hujumidan mudofaa tizimi sinovlar davomida 100 kilometrdan ortiq masofadagi nishonga zarba bergan.
Turkiya o‘zining Siper uzoq masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa kompleksini sinovdan o‘tkazdi pic.twitter.com/dwFd96UEzg
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) January 2, 2023
«Turk millatiga yangi yil sovg‘asi: Turkiyada ishlab chiqarilgan uzoq masofaga mo‘ljallangan Siper havo mudofaa raketasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, nishonga tegdi», — deb yozgan Demir.
Turkiya 2023 yilda mamlakat Qurolli kuchlarini o‘zining havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Anqara 2026 yilgacha Siper milliy havo mudofaasi asosini tashkil etmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar