22:11 / 02.01.2023
1 667

Ukrainaning Makeyevkaga bergan raketa zarbalari oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

Ukrainaning Makeyevkaga bergan raketa zarbalari oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi
Foto: pogovorim.by
Ukraina qurolli kuchlari Donetskning Makeyevka shahriga bergan raketa zarbalari oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ukraina harbiylari oltita HIMARS bilan havodan hujumni amalga oshirgan. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ikkita HIMARS raketasini urib tushirgan.

«Vaqtinchalik joylashuv punkti yuqori portlovchi kallakka ega to‘rtta raketa tomonidan yo‘q qilinishi oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi», deyiladi vazirlik bayonotida.

Makeyevkadagi 19-sonli kasb-hunar maktabi binosiga qilingan hujum 1 yanvar kuni kechqurun ma’lum bo‘ldi. Ukraina qurolli kuchlari strategik aloqa boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 400 ga yaqin odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, yana 300 kishi jarohat olgan. OAV halok bo‘lganlar orasida safarbar qilinganlar borligini yozmoqda.

Makeyevkaga zarba Rossiya televideniyesi prezident Vladimir Putinning yangi yil tabrigini namoyish etayotgan paytda yuz bergan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo