
Germaniyada ichki razvedka uchun mas’ul Konstitutsiyani himoya qilish tashkiloti rahbari Tomas Xaldenvang Rossiyaning Germaniyadagi razvedka faoliyatiga qiziqishi yanada ortganini aytdi.
"Rossiyaning Germaniyaga bo‘lgan razvedka xizmatlariga bo‘lgan qiziqishi nafaqat doimiy, balki (Ukrainadagi) urush oqibatlari davom etar ekan, yana ham ortib bormoqda", dedi Xoldenvang Germaniyaning DPA axborot agentligiga.
Yaqinda hibsga olingan Germaniyada tashqi razvedka uchun mas’ul bo‘lgan Federal razvedka xizmatining (BND) ruslar tarafiga ishlayotgan agentiga ishora qilib: "Mazkur ish Rossiyaning josuslik faoliyati xavfi qanchalik real ekanligini ham ko‘rsatmoqda", dedi Xoldenvang.
Xaldenvang Ukrainaga qarshi urushidan so‘ng Germaniya hukumati Berlindagi Rossiya elchixonasining 40 nafar xodimini "persona non grata", deb e’lon qilganini eslatdi va Moskva yo‘qotilgan razvedka salohiyatini yoki ko‘proq “mobil agentlar” yoki boshqa vositalar orqali qoplashga harakat qilayotganini qayd etdi.
"Biz Rossiya razvedka xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa odamlarning Germaniyaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilyapmiz. Ayni shu maqsadda federal hukumat viza qoidalarini kuchaytirdi”, deydi Xaldenvang.
Rus va boshqa razvedka xizmatlarining josuslik faoliyatini kuchaytirishga tayyorlanayotganini izohlagan Xaldenvang "O‘tmishda kontrrazvedka sohasida juda kam ish qilganimiz haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etmoqchiman", dedi.
Xaldenvang Xitoyning Germaniyaga qaratilgan razvedka faoliyatiga ham e’tibor qaratdi. Shuningdek, u Eron rejimini tanqid qilgan eronliklarni bu mamlakatga borishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Xaldenvangga ko‘ra, Turkiyada o‘tkaziladigan saylovlarning Germaniyaga ta’sir qilishini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Turkiyadagi ichki siyosiy kurashlar saylov tufayli Germaniyaga ham ko‘chgan, deya xulosa qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar