
Noqulay ob-havo sharoiti – qor bo‘roni, yo‘lda ko‘rish imkoniyatining cheklanishi, yo‘l yuzasining muzlashi tufayli 72 ta yo‘l uchastkasi yopildi, ulardan 40 tasi respublika, 32 tasi viloyat ahamiyatiga ega, deya xabar bermoqda Qozog‘istonda FVV matbuot xizmati.
Yo‘llardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha respublika shtabi tuzilgan, bunday shtablar Abay, Aqmola, Qarag‘anda, Jambil va Jetisu kabi viloyatlarda ham faoliyat yuritmoqda.
Avtomobil nazorat punktlarida 1000 dan ortiq transport vositalari to‘planib qolgan.
24 soat ichida qutqaruv bo‘linmalari 691 kishini qutqarib, evakuatsiya qildi. Ular orasida 137 nafar bola bor. Qutqaruv xizmatlari tomonidan 145 ta transport vositasi qordan olib chiqildi.
Aholini evakuatsiya qilish uchun yo‘llarning yopiq uchastkalarida vaqtinchalik isitish punktlari tashkil etilgan, evakuatsiya uskunalari ham ishga shay.
Vaqtinchalik isitish muassasalarida 179 nafar fuqaro bor, ularning 16 nafari bolalardir.
Yo‘l xizmati yo‘llarni qordan tozalashda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar