21:49 / 04.01.2023
1 024

Rossiyada migrantlar orasida soxta nikohlarga qarshi qonun loyihasi tayyorlanmoqda

Rossiyada migrantlar orasida soxta nikohlarga qarshi qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Foto: Reuters
Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) migrantlar tomonidan soxta nikoh yoki otalikni belgilash orqali fuqarolikni olish holatlariga qarshi kurashmoqchi.

IIV rasmiy vakili Irina Volk so‘zlariga ko‘ra, hozirda vazirlik migratsiya qonunchiligini takomillashtirish ustida ishlamoqda. Jumladan, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga soxta nikohdan foydalanib yoki otalikni soxta belgilash orqali fuqarolikni olish holatlarini istisno qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilyapti.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun loyihasi bo‘yicha idoralararo kelishuv jarayoni davom etyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 11 oyi davomida Rossiya IIV tegishli organlari tomonidan soxta nikohlar tufayli 400 ga yaqin yashash ruxsatnomalari bekor qilingan. Ushbu hujjatlar haqiqiy emas deb topilgan.

Amaldagi «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunda chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan kamida uch yil turmush qurgan yoki umumiy farzandi bo‘lsa, ushbu mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish uchun ariza berishga haqli ekani ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo