
Leonid Krikun
Peterburglik taniqli advokat «erkinlikdan mahrum qilish sharoitida iroda kuchini sinab ko‘rishni va rejimning ishlashiga passiv bo‘lsa ham hissa qo‘shishni» istamasligini aytdi.
Peterburglik taniqli advokat va huquqshunos Leonid Krikun Rossiyani tark etdi. SOTA agentligining 4 yanvar, chorshanba kuni ma’lum qilishicha, Krikun ta’qiblardan qo‘rqib, mamlakatni tark etgan.
Uning ta’kidlashicha, «erkinlikdan mahrum qilish sharoitida irodani sinab ko‘rishni va rejimning ishlashiga passiv bo‘lsa ham hissa qo‘shishni» istamaydi. Krikunning so‘zlariga ko‘ra, u yangi joyda hech qanday manbaga ega emas, shunga qaramay, xiyonat va qo‘rqoqlik qayerda, jasorat va qahramonlik qayerda ekanligini o‘zi uchun aniqlashtirib olgan.
«Men «rejim dushmanlari»ga yuridik yordam ko‘rsatishni davom ettirishga qaror qildim, ammo endi buni masofadan turib amalga oshiraman», — dedi advokat «Sever.Realii» nashriga bergan intervyusida.
Krikun o‘z pozitsiyasini oshkora ifoda etgan bir qator faollar va jamoat arboblariga qarshi jinoiy sud jarayonlarida ishtirok etgani bilan tanilgan. U faol Sergey Moxnatkin, Navalniyning Arxangelsk shtabi sobiq koordinatori Andrey Borovikov, «Svoboda» jurnalisti Tatyana Voltskaya, iyeromonax Ioanning (Kurmoyarov) «armiya haqidagi feyklar» bo‘yicha ishida himoyachi bo‘lgan. Advokat faollar va jamoat arboblariga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan ishlar siyosiy sabablarga ko‘ra, adolat quroli emas, balki fuqarolar noroziligini bostirish vositasi bo‘lib xizmat qilishini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiya Federatsiyasining Ukrainada harbiy harakatlari boshlanganidan so‘ng, sudda fuqarolik jamiyati vakillarini himoya qilgan ko‘plab advokatlar Rossiyani tark etishdi, jumladan Ivan Pavlov, Yevgeniy Smirnov, Ilya Novikov. Taniqli huquqshunoslar Genri Reznik, Vadim Klyuvgant va Konstantin Dobrinin Federal advokatlar palatasi kengashidan chiqib ketdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar