13:40 / 05.01.2023
715

Yaponiyadagi auksionda 200 kilogrammdan og‘ir baliq 270 ming dollarga sotildi

Yaponiyadagi auksionda 200 kilogrammdan og‘ir baliq 270 ming dollarga sotildi
Foto: Bloomberg
Og‘irligi 212 kg bo‘lgan ko‘k rangli orkinos balig‘i Tokiodagi auksionda 36,04 million iyenaga (taxminan 271 ming dollar) sotildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Sotilgan baliq shimoliy Aomori prefekturasidagi Oma portida ovlangan. Ushbu portdagi orkinos baliqlari «qora olmos» sifatida tanilgan.

Bunday savdo bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatilgan 2019 yilda, og‘irligi 278 kg bo‘lgan orkinos 3 million dollardan ko‘proqqa sotilgan.

«Toyosu» bozoridagi yilning birinchi auksioni
Foto: Bloomberg

Restoran sanoati vakillari orasida yilning birinchi auksionida asosiy lotni sotib olish biznesni muvaffaqiyatli olib borishga yordam beradi, deb ishoniladi.

Bundan tashqari, u eng qimmat baliqni tatib ko‘rish uchun navbatda turgan mijozlarni jalb qilish imkonini beradi.

Ilgari auksionlar mashhur «Sukiji» bozorida o‘tkazilardi. Keyinchalik bozor tugatilganidan so‘ng, kimoshdi savdosi o‘tkaziladigan joy «Toyosu» bozori bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo