15:32 / 05.01.2023
651

Urush boshidan buyon Yevropaga kelgan ukrainalik qochqinlar soni 8 millionga yaqinlashdi

Urush boshidan buyon Yevropaga kelgan ukrainalik qochqinlar soni 8 millionga yaqinlashdi
Foto: Ap Photo
Rossiya bosqini boshlanganidan beri Ukrainadan Yevropa davlatlariga ketgan qochqinlar soni 7 million 915 ming 287 nafarga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi saytida aytiladi. Birgina oxirgi haftada ukrainalik qochqinlar soni 18 ming 462 nafarga oshgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 3 yanvargacha eng ko‘p ukrainaliklar Rossiyaga ko‘chirilgan — 2 852 395. Ukrainadan chiqib ketganlarning 100 mingdan ortig‘ini qabul qilgan davlatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

Polsha (1 553 707 kishi),
Germaniya (1 021 667)
Chexiya (476 025),
Italiya (173 231),
Ispaniya (164 705),
Buyuk Britaniya (152 200)
Bolgariya (148 451),
Fransiya (118 994)
Ruminiya (106 786),
Slovakiya (105 205),
Moldova (102 103).

Vaqtinchalik himoya va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturlarida 4 905 293 nafar qochqin ishtirok etmoqda. Hammasi bo‘lib, 24 fevraldan beri Ukrainadan qo‘shni davlatlarga 17 139 782 kishi chiqib ketgan, Ukrainaga esa 9 180 679 odam kirgan.

Yevropa Ittifoqi (YEI) ukrainalik qochqinlarni kamida 2024 yil martigacha qabul qilishga va’da bergandi. Noyabr oyida The New York Times gazetasi Ukraina va boshqa mamlakatlardan kelgan qochqinlar huquqlari tengsizligi tufayli Yevropada mojaro yuzaga kelayotganini yozdi. Bundan tashqari, YEI mamlakatlari qochqinlarni mamlakatlar o‘rtasida taqsimlash masalasini muvofiqlashtirishda muammolarga duch keldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo