
Saudiya Arabistonida yashovchi musulmonlar va bu yil Hajga borishni istovchilar ziyorat qilish uchun ariza topshirishni boshlashlari mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi bugun, 5 yanvar kuni Twitter orqali xabar berdi.
Saudiyaliklar Haj uchun arizalarni vazirlikning sayti (localhaj.haj.gov.sa) orqali topshirishlari mumkin.
Xabarga ko‘ra, tasodifiy tanlov yo‘li bilan mahalliy ziyoratchilar ro‘yxati shakllantiriladi: Hajni amalga oshirish uchun ruxsatnomani qo‘lga kiritganlar orasidan kimlarga 2023 yilda navbat tegishini onlayn-lotereya tizimi aniqlab beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar