08:00 / 08.01.2023
394

Angliyada josuslik mojarosi: vazirlar Xitoy uskunasi yordamida xufiyona kuzatilgan

Angliyada josuslik mojarosi: vazirlar Xitoy uskunasi yordamida xufiyona kuzatilgan
Foto: China Stringer Network/Reuters
Britaniyada diplomatik mojaro avj olmoqda. Razvedka xodimlari hukumat avtoparkida xufyona kuzatuv moslamasini topdi, deb yozdi The Sun. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gap Xitoy uskunasi haqida ketmoqda.

Xavfsizlik xizmatidagi manbaning aytishicha, Xitoydan keltirilgan avtomobil kuzovi ichidan geolokatsiyani uzatish imkoniyatiga ega kamida bitta SIM-karta topilgan. Ushbu mashinalar ko‘pincha Britaniya diplomatlari va hukumatning yuqori martabali a’zolari tomonidan foydalaniladi.

Avtomobil qismlarga ajratilib, har bir detal ko‘zdan kechirilganida, kuzatuv uskunasi germetik payvandlangan bo‘lakning ichiga yashirilgani aniqlangan.

«Bunday SIM-kartalar hukumat a’zolarining harakatini bir necha oy davomida o‘rganish imkonini beradi va bu o‘z navbatida, maxfiy xizmatlar uchun ish maydoni», deydi Britaniya razvedkasidagi manba.

Xitoy razvedka xizmati uchun Britaniyaning yuqori martabali amaldorlari ish vaqtida yoki bo‘sh vaqtida qayerda bo‘lishini bilish muhim bo‘lishi mumkin.

Mojaro ortidan konservativ partiya yetakchisi Yan Dunkan Smit Xitoyni Buyuk Britaniya milliy xavfsizligiga tizimli tahdid sifatida tan olishga chaqirdi.

Xitoy rasmiylari London tomonidan qo‘yilgan ayblovlarni asossiz va safsata deb atadi.

«Biz normal iqtisodiy va savdo hamkorlikni siyosiy manipulyatsiya qilishga va Xitoy korxonalariga har qanday tuhmatga qat’iy qarshimiz», deyiladi Pekin bayonotida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo