date
views 773

Afg‘oniston Amudaryo havzasidan neft qazib olmoqchi

Afg‘oniston Amudaryo havzasidan neft qazib olmoqchi
Tolibon Afg‘oniston shimolidagi Amudaryo havzasidan neft qazib olish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Xitoyning Xinjiang Central Asia Petroleum and Gas kompaniyasi bilan tuzilgan bitim Tolibon 2021 yilda Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatganidan beri energiya qazib olish bo‘yicha imzolagan dastlabki yirik xalqaro hujjat hisoblanadi.

Tolibon hukumati bayonotiga ko‘ra, shartnoma Qobulda Tolibon bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Baradar va Xitoyning Afg‘onistondagi elchisi Van Yu ishtirokida imzolangan.

Baradar bu kelishuv Afg‘oniston manfaatlariga mosligini, mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagan. “Tabiiy resurslarga kelsak, Afg‘oniston boy davlat. Neft, boshqa foydali qazilmalardan tashqari, afg‘on xalqining boyligi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining tayanchiga aylanishi mumkin”, — degan Baradar.

Shartnomaga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi yiliga 150 million dollargacha sarmoya kiritadi, bu esa uch yil ichida 540 million dollardan oshadi. “Loyiha 3000 afg‘onga ish beradi”, —deyiladi hukumat bayonotida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston Amudaryo havzasidan neft qazib olmoqchi