15:15 / 08.01.2023
356

«Tolibon» Kobulda 90 mln dollarlik obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda

«Tolibon» Kobulda 90 mln dollarlik obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda
Foto: WP
Afg‘onistonda «Tolibon» hukumati poytaxt Kobulda 180 ta obodonlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda, deb yozadi The Washington Post.

Nashrning yozishicha, ularning umumiy qiymati qariyb 90 million dollarni tashkil etadi. Loyihalar orasida yo‘llar qurish va ularni tartibga solish, keraksiz binolarni buzish kabilar ham bor.

Nashrning ta’kidlashicha, «Tolibon» avvallari amaldorlar va komandirlar yashagan, oddiy afg‘onlarning qurbi yetmagan Sherpur tumanini qayta qurishga kirishgan. Kambag‘al tuman Dashte Barchida ham ish olib borilmoqda, u yerda asosiy magistral – Qandahorga olib boruvchi trassada yangi yo‘l qurilmoqda.

5 yanvar kuni «Tolibon» Xitoyning neft kompaniyasi bilan mamlakat shimolidagi neft zaxiralarini qazib olish va o‘zlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro shartnomani imzolagan edi. Bu 2021 yil avgustida «Tolibon» harakati hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri Afg‘oniston erishgan birinchi yirik xorijiy sarmoyaviy bitim bo‘ldi.

Afg‘onistonning foydalanilmagan resurslari 1 trillion dollardan oshiqroq ekani taxmin qilinmoqda. Xorijiy investorlar ularni o‘rganishga qiziqish bildirgan, ammo mamlakatda o‘nlab yillar davom etgan mojarolar bunday tashabbuslarni to‘xtatgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo