
Rossiya va Xitoy hamkorligining kuchayishi mavjud dunyo tartibotiga tahdid tug‘dirmoqda. Bu haqda zamon.uz ma’lum qildi.
– Ularni mavjud dunyo tartibotini o‘zgartirish istagi birlashtirib turadi. Gap shundaki, ular bizning qadriyatlarimizga qo‘shilmaydi va o‘z manfaatlarini himoya qilishga harakat qilmoqda. Xavfli dunyoda alyans davlatlari birgalikda harakat qilishi kerak, - dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralashdan bosh tortgani ikki davlatning birlashuvini ko‘rsatib berdi. Stoltenberg Xitoy NATOni aybdor qilib ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratgan.
U, shuningdek, Moskva va Pekin harbiy va iqtisodiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirganini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar