00:13 / 10.01.2023
1 019

Rossiyada bortida 12 kishi bo‘lgan samolyot muzlashi tufayli qulab tushdi

Rossiyada bortida 12 kishi bo‘lgan samolyot muzlashi tufayli qulab tushdi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyaning Nenes avtonom okrugida An-2 yengil samolyoti muzlash tufayli qulab tushdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa Karatayka qishlog‘idan o‘n kilometr uzoqlikda yuz bergan. Yo‘lovchilardan biri samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lganini aytgan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda ikki nafar ekipaj a’zosi va o‘n nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga qorda harakatlanadigan mashinalar va vertolyotda quruqlikdagi guruh yuborilgan», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Tirik qolgan fuqarolardan biri Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, hodisa haqida ma’lumot bergan. Hodisaga samolyotning muzlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo