15:55 / 11.01.2023
1 150

Buchada Qozog‘istonning «buzilmas o‘tov»i o‘rnatildi. Rasmiylar buning hukumatga aloqasi yo‘qligini aytishdi

Buchada Qozog‘istonning «buzilmas o‘tov»i o‘rnatildi. Rasmiylar buning hukumatga aloqasi yo‘qligini aytishdi
Foto: Telegram
Ukrainaning Bucha shahrida «buzilmas o‘tov» o‘rnatilishiga Qozog‘iston hukumatining hech qanday aloqasi yo‘q. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tov qurilishi qozog‘istonlik homiylar tomonidan moliyalashtirilgan.

«Elchixona ishtirok etmagan, bu faqat Qozog‘iston xususiy kompaniyalarining tashabbusi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «RIA Novosti». Rossiya davlat OAVlari o‘tov o‘rnatilishini «Rossiyaga qarshi aksiya» sifatida tavsiflayotgandi.

Smadiyarov davlat bu xususiy tashabbusni «na izohlay, na taqiqlay» olishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Moskva Ostonadan respublikaning Buchada o‘tov o‘rnatishga aloqasi yo‘qligi haqida kafolat olganini ma’lum qilgandi.

«Bizni ayrim ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va respublika rasmiylarining bunga aloqasi yo‘qligiga ishontirishdi. Rossiyada yaqin hamkorlarga ishonmaslik uchun asos yo‘q», — dedi Zaxarova. Shu bilan birga, u «muhokamalarga chek qo‘yish» uchun Qozog‘iston TIV ushbu mavzu bo‘yicha rasmiy izoh berishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi.

Buchada «buzilmas o‘tov» o‘rnatilgani haqida 6 yanvar kuni ma’lum bo‘ldi. Buchansk shahar kengashi vakillarining ta’kidlashicha, o‘tov Qozog‘iston elchixonasi va Oliy Rada deputati Sergey Nagornyak ko‘magida ochilgan.

Rossiyaning Ukrainadagi muhim infratuzilmalarga ommaviy raketa zarbalari fonida butun Ukraina bo‘ylab «buzilmas punktlar» — uzoq vaqtga elektr uzilgan paytida aholi kelishi mumkin bo‘lgan issiq va yorug‘ joylar ochila boshlagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo