23:45 / 11.01.2023
521

Ukrainada urushning 321-kuni: Makiyivkadagi yotoqxona xarobalari va Baxmutdagi hospital (foto)

Ukrainada urushning 321-kuni: Makiyivkadagi yotoqxona xarobalari va Baxmutdagi hospital (foto)
Ukrainada urushning 321-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
  • «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Donetsk oblasti Soledar shahri ma’muriyati binosi oldidan videomurojaat qilishdi va shahar markazi «tozalangani»ni aytishdi. «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin uning bo‘linmalari Soledarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni hozircha vaziyat yuzasidan izoh bermadi;
  • General Aleksandr Lapin RF qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘tgan yil oxirlarida u «Markaz» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgandi;
  • Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Rossiyaning 600 nafardan ortiq agentlari va josuslari fosh etilgan. Ular qatorida mudofaa vaziri hamda Ukraina razvedkasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i Oleksey Reznikovning hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lganlar ham bor;
  • Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok Xarkivga tashrif buyurdi va Kiyevga yangi qurollar yetkazib berilishini va’da qildi.

Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosi vayronalari

1 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Donetskdan 16 kilometr masofadagi Makiyivka shahrida rossiyalik harbiylar bazasiga aylantirilgan 19-sonli kasb-hunar maktabi binosini o‘qqa tutdi. RF mudofaa vazirligi yotoqxonaga hujum oqibatida 89 nafar harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi, Ukraina qo‘mondonligi esa 300 dan ortiq kishi qurbon bo‘lib, 400 dan ortig‘i yarador borligini xabar qildi. Quyida ushbu bino o‘rnidagi xarobalar suratlari.

Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutdagi harbiy hospital

Baxmut atrofidagi janglar yarim yildan buyon davom etmoqda. «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu yo‘nalishda RF qo‘shinlarining asosiy kuchi yollanma jangchilar bo‘lmoqda: Baxmut — unikal landshafti va konlar tizimi (Prigojin buni «yerosti shahri tarmog‘i deb atagan») tufayli muhim logistik markaz hisoblanadi. Hozirda Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklar yurishini to‘xtatib turibdi. Baxmut mudofaasidagi jangchilarga harbiy shifokorlar yordam ko‘rsatmoqda.

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

10 yanvar kuni «DXR» rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari Donetskni o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, shahar g‘arbidagi Kirovskiy rayoniga raketalar kelib tushishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar orasida bir bola ham bor.

Donetskda yashovchi 43 yoshli Oleg Sidorin shahar o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan uyida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Turar joy binolari o‘qqa tutilishi vaqtida shikastlangan kvartiralardan biri
Valentin Sprinchak / TASS


Donetskliklar Kirovskiy rayonidagi shaxtada halok bo‘lgan konchi jasadi oldida. O‘qqa tutish chog‘ida shaxtada to‘qqiz konchi yaralangan, ulardan birining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Nikolay Trishin / TASS

Qrimda urush fonidagi hayot

Qrim ko‘prigining avtoyo‘l qismidagi oraliq yopmalardan birining tiklanishi. 2022 yil 8 oktabrida ko‘prikda yuk avtomobili portlagan, buning natijasida Krasnodardan Kerchga boradigan yo‘lning avtomobillar uchun mo‘ljallangan polotnosida ikkita oraliq yopmasi qulab tushgandi va to‘rt kishi halok bo‘lgandi. Bu hodisa uchun javobgarlikni rasman hech kim o‘z zimmasiga olmagan, ammo OAV portlash Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgani haqida yozgan. Rossiya hukumati ko‘prikni ta’mirlash ishlarini 2023 yil iyuliga qadar to‘liq yakunlashni rejalashtirgan. Foto: «Rosavtodor» federal yo‘l agentligi / TASS

Bolshaya Morskaya ko‘chasidagi sevastopolliklar
Sergey Malgavko / TASS


Bolshaya Morskaya ko‘chasidagi «Pobeda» kinoteatri
Sergey Malgavko / TASS


Sevastopol ko‘rfazi akvatoriyasida turgan yong‘inga qarshi «PJS-123» kemasi. Kema ortida Qora dengiz floti bazasini ukrainlarning pilotsiz kamikadze katerlaridan muhofazalash uchun o‘rnatilgan suzib yuruvchi to‘siqlar o‘rnatilgan. 29 oktabr kuni bunday katerlar Sevastopol​​​​​​ buxtasida turgan Rossiya harbiy kemalariga hujum​ qilgandi.
Sergey Malgavko / TASS

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo