
Videodan kadr
Odinsovo garnizoni harbiy sudi safarbar etilgan Aleksandr Leshkovni qo‘mondonni kaltaklaganlikda aybdor deb topib, besh yil-u olti oyga qat’iy rejimli koloniyaga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Rossiya OAV 11 yanvar, chorshanba kuni sud matbuot xizmatiga tayanib.
Jinoiy ish qo‘zg‘atishga sabab bo‘lgan voqea haqida noyabr oyi o‘rtalarida, internetda Moskva yaqinidagi "Patriot" bog‘idagi poligonda safarbar qilinganlar va ularning qo‘mondonligi o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqalgach ma’lum bo‘ldi.
Kadrlarda chaqiriluvchilar ofitserlarni yomon tayyorgarlik, sifatsiz jihozlar va loqayd munosabat uchun qoralashi aks etgan. Safarbar qilinganlar nomidan gapirgan oddiy askar Leshkov ofitser bilan janjal paytida uni turtib yuborgan. Bu ish qo‘zg‘atilishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Aleksey Leshkov 15 noyabr kuni hibsga olingan. U boshliqni kaltaklaganlikda va haqorat qilganlikda ayblangan. Ishda ta’kidlanishicha, «oddiy askar haqoratli shaklda behayo so‘zlarni ishlatib, xizmat tashkil etilishidan noroziligini ma’lum qilgan, shuningdek, ofitserning yuziga sigareta tutunini ataylab puflagan, shundan so‘ng u mushti bilan podpolkovnikning ko‘kragiga urgan».
Odinsovo garnizoni harbiy sudining hukmi ustidan allaqachon shikoyat qilingan. Shikoyat 2-g‘arbiy okrug harbiy sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Aleksandr Leshkovning o‘zi aybini tan olmayapti.
Rossiya Davlat dumasi safarbarlik boshlanishidan oldin Jinoyat kodeksiga bir qator o‘zgartishlarni ma’qullab, «safarbarlik davrida yoki harbiy holat davrida, urush davrida» sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirdi. Bu boshliqqa nisbatan zo‘ravonlik harakatlari haqidagi moddaga ham ta’sir qildi.
Ilgari buning uchun eng ko‘p jazo - 5 yil, agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol ishlatish bilan og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa - 8 yil qamoq jazosi edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar