14:49 / 14.01.2023
182

BMT: «Harbiy harakatlar boshlanganidan beri Ukrainada 7 000 tinch aholi halok bo‘ldi»

BMT: «Harbiy harakatlar boshlanganidan beri Ukrainada 7 000 tinch aholi halok bo‘ldi»
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy harbiy tajovuzi boshlanganidan beri jami 7 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘lgan va 11 mingdan ortiq kishi yaralangan. Bunday raqamlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Dikarlo aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

«UVKPCH (BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi) 18 096 tinch aholi halok bo‘lganini va jarohatlanganini tasdiqladi... Bu raqamdan 6 952 kishi halok bo‘lgan va 11 144 kishi yaralangan. Haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin», – deydi Dikarlo.

Bundan tashqari, BMT vakiliga ko‘ra, millionlab ukrainaliklar o‘z uylarini tashlab ketishgan. Xususan, 7,9 millionga yaqin odam Yevropadan boshpana topdi. Taxminan yana 5,9 million kishi ichki ko‘chirilgan bo‘lib, ularning 65 foizi ayollar va bolalardir.

Dikarloning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina iltimosiga ko‘ra, BMT Taraqqiyot dasturi Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakatning muayyan tarmoqlariga yetkazilgan zararni baholash jarayonini boshlagan.

«Hozirda shikastlangan energetika infratuzilmasini tiklash uchun eng muhim ehtiyojlarni aniqlash bo‘yicha baholash ishlari olib borilmoqda, ma’lumotlar yig‘ish 90% yakunlandi. Shuningdek, o‘tgan yili tibbiyot muassasalariga juda ko‘plab hujumlar uyushtirilgan. 4 yanvar holatiga ko‘ra, jami 745 ta tibbiyot birlashmalariga raketa hujumi amalga oshirilgan», dedi Dikarlo.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning sharqiy va janubidagi eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda obyektlarning 15 foizi qisman yoki to‘liq ishlamayapti. Donetsk, Zaporoje, Nikolayev va Xarkovdagi obyektlarning 50 foizi ishdan chiqqan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo