16:53 / 14.01.2023
562

Rossiyada «Vagner» tarkibida jang qilgan mahbusga atalgan birinchi yodgorlik ochildi

Rossiyada «Vagner» tarkibida jang qilgan mahbusga atalgan birinchi yodgorlik ochildi
Kovirzinga atalgan yodgorlik taxtasi
Foto: BBC

2022 yil oxirida Rossiyaning Saratov shahridagi maktablardan biriga Rosgvardiya sobiq jangchisi, Chechenistondagi urush faxriysi, Rossiyaning Ukrainadagi istilosi chog‘ida halok bo‘lgan Denis Kovirzinga atalgan yodgorlik taxtasi o‘rnatilgan, deb yozadi BBC.

Kovirzin 2016 yilda «tojik millatiga mansub shaxslar» bilan ziddiyatda odam o‘ldirganlik uchun yetti yarim yilga qat’iy rejimdagi koloniyaga hukm qilingan edi. U muddatidan oldin shartli ozod etilish uchun bir necha marta ariza bergan. So‘nggi marta u 2022 yil mayida rad javobi olgan.

2022 yil iyulida Kovirzin jazo o‘tayotgan Nijegorod axloq tuzatish koloniyasiga «Vagner» guruhi yollovchilari kelgan, shu tariqa, u frontga borib qolgan va avgust boshida halok bo‘lgan. Uning tanishi Olga Podkolzina ma’lum qilishicha, u vafotidan keyin jangda ko‘rsatgan jasorati uchun mukofot olgan.

«Vagner» asosochisi mahbuslarni yollash chog‘ida va’da berganidek, Kovirzin prezident tomonidan afv etilgan-etilmagani noma’lum.

Kovirzinga bag‘ishlangan yodgorlik taxtasi «Vagner» tarkibida jang qilgan mahbusga atab Rossiyada hukumat tomonidan rasman o‘rnatilgan birinchi yodgorlikka aylandi, deb qayd ertadi nashr.

Taxta o‘rnatilgan maktab ma’muriyati nashr savollariga javob berishdan bosh tortdi. Saratov meri matbuot kotibi Anastasiya Usova yodgorlik taxtasi haqida birinchi marta eshitayotganini aytdi. U «esankirab» qolganini aytdi va vaziyatga aniqlik kiritishga va’da berdi.

Avvalroq «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainada jang qilgan mahbuslarning birinchi guruhi yarim yillik shartnoma tugaganidan keyin afv etilgani xabar berilgan edi. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruhda qotillik, talonchilik, uyushgan jinoiy guruh tashkil qilganlik va amfetaminlar ishlab chiqarganlik bo‘yicha sudlanganlar bo‘lgan.

14 yanvarga o‘tar kechasi «Vagner» guruhida xizmat o‘tagan yuzdan ortiq sobiq mahbuslar harbiy operatsiya zonasidan qaytib keldi.

Kreml «Vagner» jangchilarining afv etilganini rad etmadi, tasdiqlamadi ham. Rossiya prezidenti qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Yeva Merkacheva maxsus operatsiyada qatnashgan mahbuslar koloniyadan chiqarilishidan avval afv etilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ozod etish haqidagi farmonlar maxfiylashtirilgan, chunki ular davlat siridan iborat ma’lumotlar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar boshrog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun «Vagner» guruhi jangarisi Ayk Gasparyanni «Jasorat uchun» medali bilan taqdirladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo