date
views 443

Medvedev yadro davlatining mag‘lubiyati yadroviy urushga olib kelishi mumkinligini aytdi

Medvedev yadro davlatining mag‘lubiyati yadroviy urushga olib kelishi mumkinligini aytdi
Foto: TASS
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada Rossiya mag‘lub bo‘lganidan keyingina tinchlik o‘rnatilishi mumkin deb hisoblayotgan Jahon iqtisodiy forumi ishtirokchilarining bayonotlariga izoh berdi.

Medvedev Rossiya yadroviy davlat va uning mag‘lubiyati yadro urushiga olib kelishi mumkinligini aytdi.

«Bundan quyidagi elementar xulosa chiqarish faqirlarning xayoliga ham kelmayapti: yadro davlatining oddiy urushda mag‘lub bo‘lishi yadro urushining boshlanishiga olib kelishi mumkin. Yadroviy davlatlar o‘z taqdiri bog‘liq bo‘lgan yirik to‘qnashuvlarda mag‘lub bo‘lmagan», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols mintaqada tinchlik o‘rnatilishi uchun Rossiya Ukrainadagi urushda mag‘lub bo‘lishi kerakligini aytgan edi.

Dmitriy Medvedevning «yadroviy davlatning mag‘lubiyati» oqibatlari haqidagi bayonoti Rossiya mudofaa doktrinasini o‘zgartirish niyatida ekanini anglatmaydi, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Yo‘q, o‘zgartirilmaydi. Bu so‘zlar bizning yadroviy doktrinamizga to‘liq mos keladi. Yadro doktrinasini o‘qing, u yerda bu so‘zlarga zid narsa yo‘q», dedi Peskov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev yadro davlatining mag‘lubiyati yadroviy urushga olib kelishi mumkinligini aytdi
-->