Nega Ukraina Germaniyadan aynan «Leopard» tanklarini so‘ramoqda? U qanday ahamiyatga ega?

Dunyo2 daqiqa o'qish932
Nega Ukraina Germaniyadan aynan «Leopard» tanklarini so‘ramoqda? U qanday ahamiyatga ega?
Foto: Reddit
Nega Ukraina va uning ittifoqchilari frontga tanklar yetkazib berishni muhokama qilish jarayonida Germaniyaning «Leopard 2» tanklari haqida gapirmoqda? BBC muxbiri Jeyms Uoterxaus bunga izoh berdi.

«Leopard» dunyodagi eng yaxshi jangovar mashinalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u sovet T-72 tankiga raqobat tarzda ishlab chiqilgan. Uoterxaus Ukrainaning mazkur tankka bo‘lgan ehtiyojining uchta sababni keltirib o‘tadi.

«Birinchidan, Yevropa mamlakatlarida «Leopard 2» juda ko‘p bo‘lib, taxminan ularning soni uch mingga yaqinlashadi. Ikkinchidan, ulardan foydalanish boshqa tanklarga nisbatan ancha oson. «Leopard»lar Yevropaning 13 ta davlatida mavjud bo‘lib, bu mazkur tanklarning ehtiyot qismlari va o‘q-dorilari yetarli ekanidan dalolat beradi. Uchinchidan, «Leopard» sovuq urush davrida sovet T-90 ga raqib sifatida yaratilgan bo‘lib, Rossiya armiyasida mazkur sovet tanklari yetarlicha», — ta’kidlaydi BBC muxbiri.

Polshaning sobiq mudofaa o‘rinbosari, general Valdemar Skshipchak ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Asl kasbim — tankchi. Men «Leopard 2» tanklari brigadasini o‘z ichiga olgan diviziyaga qo‘mondonlik qilganman. Aytishim mumkinki, «Leopard» deyarli mukammal qurol. Bu mashinalar samarali o‘t o‘chirish va harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu tanklar bilan to‘qnashuvda Rossiyaning «Armata», T-14 tanklari mag‘lubga uchraydi», — deydi Skshipchak.

Ukrainadagi urush: Germaniya qanday yordam ko‘rsatmoqda?

Federal hukumat har hafta Ukrainaga berilgan qurollar ro‘yxatini yangilab turadi.

5 yanvar kuni Germaniya Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini topshirdi, uning ichiga raketa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va dronlarga qarshi mudofaa tizimi kiradi.

6 yanvar kuni Germaniya Ukrainaga o‘z zaxiralaridan Patriot zenit-raketa majmuasini yuborishi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda OAVlar kansler Olaf Sholsga Ukrainaga og‘ir qurollarni topshirish bo‘yicha Germaniyadagi siyosiy ittifoqchilar tomonidan bosim kuchayib borayotgani haqida yozmoqda.

20 yanvar kuni Germaniyaning Ramshteyn shahridagi Amerika harbiy bazasida G‘arb ittifoqchilarining Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘ldi. Unda Pentagon AQSHning Abrams tanklari hozircha Ukrainaga berilmasligi, ammo Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlari Leopard tanklarini berishga rozi bo‘lganini ta’kidladi.

Slovakiya va Chexiya Ukrainaga 30 ta nemis «Leopard 2» tankini — oyiga 2 ta tank berishga kelishib oldi. Buning evaziga mazkur davlatlar Germaniyadan kamroq miqdorda «Leopard 2A4» tankini oladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?