06:00 / 23.01.2023
384

Chavusho‘g‘li: «Qur’on nusxasini yoqishning so‘z erkinligiga aloqasi yo‘q!»

Chavusho‘g‘li: «Qur’on nusxasini yoqishning so‘z erkinligiga aloqasi yo‘q!»
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Shvetsiya rasmiylarining Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Qur’oni karim nusxasi yoqib yuborilgan provokatsiyaga ruxsat berish qarorini keskin qoraladi.

«Shvetsiyada boshqa kitobni yoqish yoki boshqa dinga hujum qilish mumkin emas, lekin Qur’on haqida gap ketganda, ular fuqarolarning muayyan huquq va erkinliklari haqida gapirishadi», deb g‘azablandi turk diplomatiyasi rahbari.

Chavusho‘g‘li, hech kimning Islomga qarshi provokatsiyani «so‘z erkinligi ko‘rinishi» bilan oqlashga haqqi yo‘qligini ta’kidladi.

Vazir islomga qarshi provokatsiyaga ruxsat berilganiga javoban Skandinaviya mamlakati elchisi Turkiya TIVga chaqirilganini, Turkiyaning Stokgolmdagi elchisi Onet Jan Tezel bu davlat tashqi ishlar vaziri Tobias Bilström bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langanini eslatdi.

«Bu islomga qarshi past va qabih harakat. Nafrat, ksenofobiya va irqchilikning namoyon bo‘lishi so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘q! Umid qilamanki, Shvetsiya rasmiylari harakat boshlanishidan oldin zarur choralarni ko‘radi. Aks holda, bu harakat butun dunyoda keskin salbiy rezonansga ega bo‘ladi», — dedi Chavusho‘g‘li.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo