12:55 / 23.01.2023
664

2024 yilda rekord darajada issiq havo va qurg‘oqchilik kutilmoqda

2024 yilda rekord darajada issiq havo va qurg‘oqchilik kutilmoqda
Foto: The Guardian
2024 yil butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq va qurg‘oqchil yilga aylanishi mumkin. Bunday prognozlarni Buyuk Britaniya meteorologiya idorasi uzoq muddatli prognozlar bo‘limi rahbari Adam Skayf keltirib o‘tdi, deb yozadi The Guardian.

Haroratning ko‘tarilishi El-Nino yoki Janubiy ossillyatsiya kuchayishi natijasida yuz berishi mumkin. Bu Tinch okeanida suv ustki qatlami haroratining tabiiy ravishda o‘zgarib turishidir. Bunday hodisa har 2—7 yilda bir marta sodir bo‘lib, o‘rtacha besh yil davom etadi. Shu bilan birga, El-Nino anomal issiq havo va qurg‘oqchiliklarga sabab bo‘ladi.

Hozir Janubiy ossilyatsiyaning La-Ninya deb nomlanuvchi kuchsiz bosqichi kuzatilmoqda. La-Ninya — taxminan har to‘rt yilda takrorlanadigan hodisa bo‘lib, El-Nino ta’siriga qarshi samara ko‘rsatishi mumkin. Skayfning fikricha, ushbu faza yakunlanish arafasida turibdi, shuning uchun ham 2023 yil o‘tgan yilgiga nisbatan iliqroq bo‘ladi, 2024 yil esa yangi rekord o‘rnatadi.

Olimning aytishicha, global harorat Selsiy bo‘yicha 1,5 darajadan ko‘proq oshishi mumkin, Janubiy ossilyatsiyaning kuchli fazasida esa insoniyat misli ko‘rilmagan darajada issiq havoga duch keladi.

Keskin ob-havo va iqlim hodisalari Indoneziya, Hindiston, Afrikaning janubiy qismi, Xitoy, ayniqsa, Sharqiy Afrika mintaqasi va AQSH janubidagi ba’zi hududlarda kuzatilishi mumkin.

Avvalroq kirib kelgan 2023 yil 2022 yildan iliqroq bo‘lishi mumkinligi prognoz qilingan edi. Sinoptik aytishicha, kelasi o‘n yillikda, shu jumladan, 2023 yilda ham, ekstremal ob-havo hodisalari ko‘payadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ob-havo anomaliyalari avvalgi o‘n yillikka qaraganda ancha ko‘proq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo