21:00 / 24.01.2023
604

Rossiyada ommaviy mushtlashuv tufayli o‘zbekistonlik talaba qo‘lga olindi

Rossiyada ommaviy mushtlashuv tufayli o‘zbekistonlik talaba qo‘lga olindi
Foto: Kommersant
Yekaterinburgning Leninskiy tuman sudida mayda bezorilik bilan bog‘liq ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Sud majlisida 21 yanvarga o‘tar kechasi Ural federal universitetining 2-sonli yotoqxonasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani aniqlandi. Unda bir tomonda arab talabalari, ikkinchi tomonda ruslar va o‘zbekistonlik talaba ishtirok etgan. Ularning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Ichki ishlar vazirligining Sverdlovsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mojaro maishiy xususiyatga ega bo‘lgan. «Talqinlardan biriga ko‘ra, bir kompaniya tunda baland ovozda musiqa tinglagan va boshqalarning dam olishiga xalaqit bergan. Qarshi tomon vakillari ularga tanbeh bergan, oqibatda janjal kelib chiqqan».

UrFU arab talabalaridan biri so‘zlariga ko‘ra, mojaro mast rus talabalari va arab talabalari o‘rtasida boshlangan. Mushtlashuvda hatto pichoq, elektroshoker, tayoqlardan foydalanilgan.

Sudda guvoh bo‘lgan yotoqxona qo‘riqchisi Svetlana Borodulina so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kechasi u politsiyaga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘lgan. Chunki birinchi chaqiruvdan keyin politsiya janjalni bostirishga erishgan. Ular ketganidan keyin esa mojaro yana avj olgan.

Sud mushtlashuvda talabalardan faqat yetti nafari ishtirok etganini aniqladi. Ular o‘z aybini tan olishdi, ba’zilari esa sodir bo‘lgan voqeadan pushaymonligini bildirishdi. Oqibatda besh nafar talaba sud tomonidan uch kunlik, ikki nafari o‘n ikki kunlik qamoq jazosini oldi.

Yana uch nafar talaba mojaroda ishtirok etmaganini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi, shuning uchun ularning ma’muriy ishi tugatildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo