17:02 / 25.01.2023
947

«Tavqi la’natga uchragan Rossiya pasportini olish uchun o‘zingizni xatarga qo‘ymang» — huquq faoli

«Tavqi la’natga uchragan Rossiya pasportini olish uchun o‘zingizni xatarga qo‘ymang» — huquq faoli
Asli Markaziy Osiyoda tug‘ilgan, Rossiya pasportiga ega shaxslarni Rossiya hududidan chiqib ketishlariga cheklovlar ortib bormoqda. Qirg‘izistonlik bir necha kishi Ozodlik radiosi tahririyatiga mamlakatni tark etish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib bergan. Chegarachilar ularga safarbarlik ro‘yxatida ekanliklari va qonunga ko‘ra, 12 fevralgacha xorijga chiqish huquqi yo‘qligini tushuntirishgan. Bu haqda "Nastoyasheye vremya" nashri huquq himoyachisi Valentina Chupik bilan suhbatlashdi.

— Politsiyaning fuqarolikka qabul qilingan migrantlarni izlash topish bo‘yicha reydlari haqida ma’lumotingiz bormi? Ular qanchalik tez-tez o‘tkaziladi va bu qanchalik qonuniy?
— Rossiya fuqarolari, sobiq muhojirlar hibsga olingani haqida so‘nggi xabar Yangi yil arafasida keldi va menimcha, 14 kishi hibsga olingan edi. Ularning hammalari Tojikistonning bitta shahridan – Konibodomda tug‘ilgan. Ularni va ruslarni ham hibsga olib, safarbarlikka olib ketilayotganini aytishdi. Ulardan biri o‘zini osgan. Bu voqea haqida bilganim shu, chunki bu fuqarolarning o‘zlari menga murojaat qilishmagan. Bu haqida o‘zini osgan odamning qarindoshi menga xabar bergan.

— Bu reyd paytida bo‘lganmi?
— “Ha, bu reyd paytida bo‘lgan. Sentyabr-oktabr oylaridan buyon safarbarlik haqida xabarlar kelib tushmadi. 4 yanvar kuni bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, hech qachon Rossiya fuqarosi bo‘lmaganiga qaramay, chaqiruv qog‘ozi olganini aytdi. Men unga nima bo‘lganda ham mudofaa bo‘limiga bormaslikni, boshqa manzilga ko‘chib ketishni tavsiya qildim.

Albatta, agar safarbarlik to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday reydlar mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. O‘zi umuman to‘xtatilganmi? Harbiy holat e’lon qilinmagan sharoitda safarbarlik qanday bo‘ladi? Bu holda ular safarbarlik to‘g‘risidagi buyruq va chaqiruv qog‘ozlarini hech qaysi fuqaroga topshirishga haqli emas, ayniqsa odamlar etnik kelib chiqish asosda qo‘lga olinganda, ya’ni milliy adovatdan kelib chiqqanda. Bu o‘z mansabini suiiste’mol qilgan holda amalga oshirilgan zo‘ravonlik ekstremizmi, ya’ni og‘ir jinoyat bo‘lib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Afsuski, Rossiyada qonun faqatgina davlat xizmatchilari uchun ishlamaydi.

— Rossiya va Tojikiston o‘rtasida ikki fuqarolik bor, qo‘shfuqarolik – rusmi yoki tojikistonlik bo‘lgan tojiklar-chi, bunday vaziyatda nima qilish kerak? Ularni ham urushga chaqirishga ham haqqi bormi?
— Men ularga Rossiyani tark etishni maslahat beraman. Tojikiston hukumati o‘z fuqarolariga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmagani uchun men ularga boshqa davlatga borishni maslahat bergan bo‘lardim. Men ularga Qozog‘istonga ishlash uchun borib, u yerda vaqtinchalik "propiska" olish yoki Armanistonga kelib ishlash uchun ruxsatnoma olishni maslahat bergan bo‘lardim. Men ularning Rossiyada yoki Tojikistonda bo‘lmasliklari tarafdoriman.

Qirg‘iziston fuqarolariga ham shuni maslahat beramanki, agar ular Qirg‘iziston fuqaroligini yo‘qotgan bo‘lsa, qaytib kelib fuqarolikni tiklash maqsadida tegishli joylarga murojaat qilsinlar. Qirg‘iziston o‘zining sobiq fuqarolarini qabul qilib, fuqaroligini tiklaydi, deb chin dildan umid qilaman.

O‘zbekiston fuqarolikni tiklab beradi, lekin men urushga chaqiruv qog‘ozi olgan fuqarolikdan mahrum qilingan va pasportini tiklashga majbur bo‘lgan birorta ham bunday holatni uchratmadim. Mening fuqarolikdan mahrum bo‘lgan bir tanishim bor edi, u chaqiruv qog‘ozi olganidan so‘ng O‘zbekistonga ketdi, lekin O‘zbekistonda elchixonasidan qaytib kelganlik guvohnomasini olib, fuqaroligini tiklatmadi. Uning Qozog‘istonda qarindoshlari bo‘lgani uchun u yerga borib, doimiy yashash uchun ruxsatnoma oldi.

– Agar muhojirlar Rossiya fuqaroligidan voz kechsa, bu holatda nima bo‘ladi?
— “Bunday vaziyatda hech narsa bo‘lmaydi. Siz xohlagancha rad qilishingiz mumkin, ammo rad etish fuqarolikdan mahrum bo‘lishga olib kelmaydi. Fuqarolikdan chiqish umuman oson emas va siz davlat va shu davlat fuqarolari va tashkilotlari oldidagi barcha majburiyatlaringizni bajarmaguningizcha sizni hech kim fuqarolikdan chiqarmaydi. Shuning uchun, siz o‘z vataningizni patent narxida sotmang. Arzimagan rus pasportini olmasangiz, siz baxtlisiz.

— Aleksandr Bastrikin birinchi navbatda Markaziy Osiyodan odamlarni urushga yuborishni taklif qilmoqda. Qancha odam haqida gap ketayotganini bilsangiz kerak.
— Bilishimcha, so‘nggi besh yil ichida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelganlarning500 000 dan ziyodiga (520 000 yoki shu atrofida) fuqarolik berilgan. Birinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari - taxminan 280 ming. Qirg‘iziston fuqarolari esa 2007 yildan 2011 yilgacha bo‘lgan davrda fuqarolikni olishgan va o‘tgan yilning sentyabr-oktabr oylarida ochiq safarbarlik davrida men Qirg‘izistonning sobiq fuqarolaridan ko‘p murojaat qabul qildim. Ularning ham ko‘pchiligi fuqarolikka qabul qilingan va urushga chaqirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo