
Rossiya hukumati Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarining bosib olingan hududlarida 24 ta axloq tuzatish koloniyalari tashkil etish niyatida, deyiladi huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan farmonda.
Hujjat Rossiya tomonidan nom berilgan DXRda 12 ta, LXRda 7 ta, Xerson viloyatining bosib olingan qismida 3 tasi va Zaporojening bosib olingan qismida 2 ta koloniya tashkil etishni nazarda tutadi.
Anneksiya qilingan hududlarda Rossiya hukumati tibbiy va axloq tuzatish muassasalari va axloq tuzatish markazlarini tashkil etishga qaror qildi. Hukumat, shuningdek, Federal jazoni ijro etish xizmatiga uch oy ichida yangi muassasalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni topshirdi.
O‘tgan yilning oktabr oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari deb ataladigan hududlarni “Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish” to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qullagan edi.
Putin, shuningdek, bosib olingan Ukraina hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olish va yangi subyektlarni shakllantirish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagan. Ushbu qonunlar asosida Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Unga subyektlar sifatida Ukrainaning Xerson, Zaporoje, Lugansk va Donetsk viloyatlari qo‘shiladi.
Qonunlarga ko‘ra, Ukrainaning bosib olingan viloyatlari aholisi joriy yilning 30 sentyabrdan boshlab Rossiya fuqarosi deb tan olinadi. To‘liq fuqarolikka o‘tish davri 2026 yil 1 yanvargacha ko‘zda tutilgan. Hujjatlarga ko‘ra, qo‘shib olingan hududlarda saylovlar 2023 yil 10 sentyabrda o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Moskva o‘zi anneksiya qilgan Ukraina viloyatlarining birortasini to‘liq nazorat qilmaydi. Zaporoje viloyatining muhim qismlari (shu jumladan uning markazi Zaporoje shahri) va Donetsk viloyati, shuningdek, Xerson va Lugansk viloyatlarining kichik qismlari Ukraina nazorati ostida qolmoqda.
Dunyoning ko‘plab davlatlari anneksiyani tan olmasligini bildirgan. Ukraina ham avval o‘z nazorati ostida bo‘lgan va so‘ngra Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni jang orqali qaytarib olishni da’vo qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar