Hindistondagi kimyo zavodida portlash sodir etildi

Hindistondagi kimyo zavodida portlash sodir etildi
Hindistondagi kimyo zavodida portlash sodir etildi

Hindistonning Maharashtra shtatida joylashgan kimyo zavodida portlash yuz berdi. Buning oqibatida kamida uch nafar kishi halok bo‘ldi. O‘nlab kishilar tan jarohatini olgan, deb xabar tarqatmoqda “RIA Novosti”.

Portlash shtat poytaxti Mumbaydan 50 km narida joylashgan Dombivali shahrida sodir etildi. Zavodda suv isitadigan qurilma portlab ketgan. Keyinchalik yong‘in chiqqan.

ANI agentligi qurbonlar sonini uch kishi, jarohatlanganlarni esa 20 kishi deb xabar bergan. NDTV telekanali bergan bayonotga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan va 150 kishi tan jarohati olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar