20:00 / 28.01.2023
226

Gruziyada harbiy dron zavodi quriladi

Gruziyada harbiy dron zavodi quriladi
Gruziyada razvedka va jangovar uchuvchisiz parvoz apparatlarini ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 27 yanvar kuni Mudofaa vazirligining «Krsanisi» poligonida ilk sinov parvozlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi hukumat sayti. Qayd etilishicha, bu Gruziya va Polshaning qo‘shma loyihasidir.

Gap Gruziya-Polsha hamkorligida ishlab chiqariladigan WARMATE va FLYEYE dronlari haqida bormoqda. FLYEYE razvedkachi uchuvchisiz apparati barcha iqlim zonalari va radioelektron sharoitlarda yuqori aniqlikdagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Uning yordamida harbiylar real vaqt rejimida yashirin kuzatuvni amalga oshirishi mumkin. WARMATE droni boshqa vazifalarni bajaradi. Bu yuqori zarba aniqligiga ega jangovar dron. U Polsha armiyasi va NATO davlatlarining boshqa qo‘shinlari tomonidan qo‘llaniladi.

«Biz Gruziyada razvedka va “kamikadze" uchuvchisiz uchish apparatlarini aprel oyidan boshlab ommaviy ishlab chiqarishni boshlaymiz”, degan Gruziya mudofaa vaziri Juansher Burchuladze.

“Delta International” va Polshaning WB Electronics S.A. sho‘ba korxonasi “Delta Webe” tomonidan yiliga bir necha yuzta dron ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, “Delta Webe” Gruziyada birinchi dronlarni boshqarishni o‘rgatuvchi markaz ochadi. Markazning professional instruktorlari Mudofaa vazirligi xodimlarini qayta tayyorlashni amalga oshiradi, deyiladi xabarda.

2022 yilda Polsha qurol ishlab chiqarish bo‘yicha Sharqiy Yevropada yetakchilardan biriga aylandi. Bunga Rossiyaning Ukrainada boshlagan urushi sabab bo‘ldi. Polsha Kiyevga qurol yetkazib berish hajmi bo‘yicha AQSH va Buyuk Britaniyadan keyin uchinchi davlat bo‘ldi, deya xabar beradi Kil Jahon iqtisodiyoti instituti.

Ukrainadagi urush Sharqiy Yevropa kompaniyalariga ishlab chiqarishni kuchaytirish va yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirish imkonini berdi, deydi Reuters agentligiga Polshaning PGZ mudofaa kompaniyasi bosh direktori Sebastyan Chvalek.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo