
AQSHning Viskonsin shtatida shtatlararo trassada 85 ta avtomobil to‘qnashib ketdi, 21 kishi jabrlandi.
NBC News xabariga ko‘ra, hodisa Jeysnvill va Beloyt shaharlari o‘rtasida sodir bo‘lgan. 85 ta avtomobil to‘qnashishi oqibatida 21 kishi yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Hozirda ularning hayoti xavf ostida emas.
Qor va muz halokatga sabab bo‘lgan.
Amerikalik sinoptiklarning ma’lum qilishicha, dam olish kunlari ob-havo sharoiti yanada yomonlashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar