Hindiston, Braziliya va Turkiya ayollar uchun eng xavfli davlatlar reytingida yetakchilik qilmoqda

Hindiston, Braziliya va Turkiya ayollar uchun eng xavfli davlatlar reytingida yetakchilik qilmoqda
Hindiston, Braziliya va Turkiya ayollar uchun eng xavfli davlatlar reytingida etakchilik qilmoqda

Buyuk Britaniyaning The Daily Mail nashri ayol sayohatchilar uchun eng xavfli mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi, deb xabar bermoqda «Newsru.com».

Reytingda dastlabki o‘nlikdan Hindiston, Braziliya, Turkiya, Tailand, Misr, Kolumbiya, Janubiy Afrika, Marokash, Meksika va Keniya o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, yuqoridagi davlatlar bunday reytinglarda doim yuqori o‘rinlarda ko‘rsatiladi. Jumladan, 2013 yilda Business Insider tomonidan tuzilgan reytingda ham Hindiston, Braziliya va Turkiya yetakchilik qilgan.

Manba: www.daryo.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar