
Foto: AFP
Afg‘onistonda anomal sovuq qurbonlari soni 170 kishiga yetdi, ularning 50 nafari bolalardir. Bu haqda Sinhua xabar berdi.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va gumanitar masalalar vazirligi matbuot kotibi Shafiulloh Rahimiy bu bo‘yicha ma’lumot bergan. Rasmiy halok bo‘lgan 170 kishi orasida bolalar va ayollar ham borligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, so‘nggi uch hafta ichida Afg‘onistonning 34 viloyatidan 24 tasida sovuq va qor yog‘ishidan yana 30 kishi jabr ko‘rgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati uylarini isitish imkoniga ega bo‘lmagan.
Rahimiyning so‘zlariga ko‘ra, g‘ayritabiiy ob-havo sharoiti tufayli 150 dan ortiq turar-joy binolari vayron bo‘lgan, 80 mingdan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.
26 yanvar kuni Afg‘onistonda anomal sovuq qurbonlari soni 150 nafardan oshgandi. Undan oldin bu ko‘rsatkich 70 kishini tashkil qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar