
Foto: Bloomberg
Bloomberg agentligi e’lon qilgan milliarderlari indeksiga ko‘ra, joriy yilda rossiyalik milliarderlarning boyligi 16,1 milliard dollarga oshdi.
Hisob-kitoblar milliarderlarga tegishli bo‘lgan kompaniyalar aksiyalarining qiymati asosida amalga oshiriladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon eng ko‘p daromadni “Lukoil” kompaniyasi rahbari va asosiy egasi Vagit Alekperov oldi. Uning boyligi 2,5 mlrd dollarga ko‘payib 17,9 mlrd dollarga yetdi.
Severstal kompaniyasining asosiy egasi Aleksey Mordashov 1,54 mlrd dollarga boyigan bo‘lsa, Norilsk Nikel kompaniyasi rahbari Vladimir Potanin boyligi 1,32 mlrd dollarga ko‘paygan.
Shuningdek, yanvar oyida Wildberries egasi Tatyana Bakalchuk (+1,16 mlrd dollar), “Novatek” hammuallifi va boshqaruv raisi Leonid Mixelson (+1,12 mlrd dollar) va USM xolding asoschisi Alisher Usmonov (+1,06 mlrd dollar) 1 mlrd dollardan ortiq daromad oldi.
2022 yilning 24 fevralida Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlangan paytda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovning boyligi 20 mlrd dollardan ko‘proq edi.
Urush oqibatida milliarder egalik qiluvchi kompaniyalarning aksiyalari arzonlasha boshladi va Usmonovning boyligi 17,5 mlrd dollargacha qisqardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar