date
views 489

AQSH Davlat departamenti: Rossiya yadroviy shartnomaning asosiy shartini buzdi

AQSH Davlat departamenti: Rossiya yadroviy shartnomaning asosiy shartini buzdi
Foto: NA
AQSH Davlat departamenti Kongressga Kreml yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha shartnomani buzayotgani va inspeksiyaning Rossiya kirishiga ruxsat bermayotganini aytdi. Bu haqda ABC news xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya o‘z hududida inspeksiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha yangi START shartnomasi doirasida majburiyatini bajarmayapti.

Rossiyaning inspeksiya faoliyati bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi AQSHning shartnoma bo‘yicha muhim huquqlardan foydalanishiga to‘sqinlik qiladi va AQSH-Rossiya yadro qurollari nazorati hayotiyligiga tahdid soladi”, — deyiladi xabarda.

Yangi strategik qurollarni qisqartirish shartnomasi, odatda Yangi START nomi bilan tanilgan bo‘lib, AQSH va Rossiya o‘rtasidagi strategik qurollarni cheklash bo‘yicha kelishuvdir. Shartnoma shartlariga ko‘ra, ushbu cheklovlarni joyida tekshirish, ma’lumotlarni almashish tekshirilishi kerak.

Ikkala davlat ham pandemiya davrida joylarda tekshiruvlar to‘xtatilishi kerakligiga kelishib olgandi, ammo Vashington amaliyotni 2022 yilning yozida qayta tiklashga tayyorligini bildirgan bir paytda, Rossiya AQSH tomonidan o‘rnatilgan sayohat cheklovlari deb da’vo qilib, o‘zining yadroviy arsenaliga kirishni to‘xtatishda davom etgani ta’kidlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Davlat departamenti: Rossiya yadroviy shartnomaning asosiy shartini buzdi