23:50 / 02.02.2023
730

Ukrainalik harbiy ekspert Putin urushning bir yilligiga reja tuzganini aytdi

Ukrainalik harbiy ekspert Putin urushning bir yilligiga reja tuzganini aytdi
Foto: Reuters
Ukrainalik harbiy ekspert Vladislav Seleznev Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukrainadagi urushning bir yilligiga reja tuzgani haqida gapirdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Ukraina ittifoqchilari tomonidan e’lon qilingan qurollarni olishi kerak, shuning uchun bu vaqtgacha Rossiya frontda faolroq bo‘lishga, ya’ni hujumga o‘tishga harakat qiladi. Seleznev Putin armiyasi kelajakda Ukraina armiyasi qurol-yarog‘, texnika va o‘q-dorilar bilan mustahkamlanishi tufayli oldinga siljishga intilishini ta’kidlamoqda.

Ayni paytda Putin armiyasi razvedka tamoyili asosida harakat qilmoqda, frontning to‘rt hududi — Limansk, Avdeyevka, Baxmutv a Ugledar yo‘nalishida Ukraina pozitsiyalariga hujum qilishga urinmoqda. Putin generallari o‘z vakolati va imkoniyatlari, ya’ni o‘zlarida mavjud bo‘lgan resurslar doirasida tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qiladi”, — deydi harbiy mutaxassis.

U rus qo‘shinlari tez orada Ukraina armiyasining qarshi hujumiga guvoh bo‘lishi, bundan oldin esa Rossiya yangi hujumni amalga oshirishini aytdi. Eng xavfli yo‘nalishlar — sharq, janub va shimoldan Kiyevgacha qamrab oladi.

Shuningdek, harbiy ekspert Putinni sanalarga ishonadigan “simvolist” deb atagan. Seleznev urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Rossiya rahbari hududiy harbiy yutuqlarni qo‘lga kiritishga harakat qilishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo