
Kanada parlamenti chorshanba kuni Xitoyning Shinjon viloyatidagi 10 ming musulmon uyg‘ur qochqinni ikki yil ichida Kanadaga joylashtirish bo‘yicha majburiy bo‘lmagan taklifni bir ovozdan ma’qulladi.
Jamoalar palatasi liberal deputat Samir Zuberining qonun loyihasini yoqlab, 322-0 ovoz bilan ovoz berdi. Taklifda shuningdek, hukumatni uchinchi mamlakatlarga qochib ketgan uyg‘urlar va boshqa etnik turkiy musulmonlar qaytishi uchun Xitoyning «bosim va qo‘rqitish»iga duchor bo‘layotganini tan olishga chaqiradi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi Bosh vazir Jastin Tryudo hukumatini taklifga rioya qilishga majburlamasada, bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanishi uning ozchilik hukumatiga chora ko‘rishga bosim o‘tkazishi mumkin.
Immigratsiya vaziri Shon Freyzer o‘z bayonotida «Kanada har doim himoyaga muhtojlarga yordam berish uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Men bugun Jamoalar palatasi tomonidan qabul qilingan taklifda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ilgari surish uchun barcha partiyalar a’zolari bilan ishlash niyatidaman», degan.
Inson huquqlari tashkilotlari Xitoyni Shinjon g‘arbidagi 10 millionga yaqin musulmon etnik ozchilik bo‘lgan uyg‘urlarga nisbatan keng ko‘lamli zo‘ravonliklarda, jumladan lagerlarda majburiy mehnatdan ommaviy foydalanishda ayblamoqda. Xitoy bu da’volarni qat’iyan rad etadi.
2021 yili Kanada uyg‘urlar genotsidiga Xitoyning munosabatini oshkor aytgan davlatlardan biri boldi. Kanada o‘tgan yili Birlashgan Millatlar Tashkilotida Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan inson huquqlarini poymol etayotgani yuzasidan munozara o‘tkazishga muvaffaqiyatsiz uringan davlatlar qatorida edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar