
Konstantin Malofeyev / Foto: Reuters
AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan rossiyalik milliarder Konstantin Malofeyevning Qo‘shma Shtatlarda musodara qilingan aktivlari Ukrainaga o‘tkaziladi. Bu haqda 3 fevral, juma kuni AQSH bosh prokurori Merrik Garlend Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi CNN.
«Bugun men musodara qilingan Rossiya aktivlarini Ukrainada foydalanish uchun birinchi marta topshirishga ruxsat berganimni e’lon qilaman, - deya Garlandning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal. - Mening sanksiyam bilan bugun musodara etilgan mablag‘lar Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat departamentiga o‘tkaziladi. Rossiyalik harbiy jinoyatchilar Qo‘shma Shtatlarda boshpana topa olmaydi».
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, gap 5,4 million dollarga teng aktivlar haqida ketmoqda. Avvalroq Nyu-York sudi prokurorlarga Malofeyevning Denver Sunflower Bank'idagi hisobraqami mablag‘larini musodara qilishga ruxsat bergan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, u 2014 yilda o‘ziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzgan holda mablag‘larni o‘zining biznes sherigiga o‘tkazishga uringan. Tadbirkor musodara qilish talabiga qarshi chiqmadi.
«Sargrad» telekanali asoschisi Konstantin Malofeyev 2014 yildan beri Qrim va Donbassdagi ayirmachilarni moliyalashtirishning muhim manbai sifatida ko‘riladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar